Turkiya prokuraturasi Anqarada Rossiya elçisini öldirgan politsiyaçi nega tiriklay qölga olinmaganiga izoh berdi. Bu haqda Turkiya davlat axborot agentligi xabar tarqatgan.
Rossiya elçisi Andrey Karlov 19 dekabr kuni Anqaradagi fotokörgazma oçilişi marosimi vaqtida öz ortida turgan soqçi qiyofasidagi qotil tomonidan otib taşlandi. Politsiyaçilar tez orada qotilning özini yöq qildi. Turkiya hukumati qotilning şaxsini ma'lum qilgan, qotillikni sodir etganidan keyin "Halabni unutmanglar" deya hayqirgan bu yigit 22 yoşli politsiyaçi Mavlud Mert Oltintoş edi.
Rossiya va Turkiya bu hujumni ikki davlat munosabatlariga zarar keltiriş yölidagi hiyla deb baholadi. Ikki davlat şu haftada Suriya masalasida kelişuvga erişişi kutilayotgandi.
Anadolu agentligi prokurorning qotil maxsus xizmat vakillari tomonidan qölga olinmaganiga bergan izohini keltirgan.
Avvalo, u qurolini taşlab, taslim böliş haqida öylamagan va "Meni bu yerdan tirik holda olib çiqa olmaysiz!", degan. Politsiyaçilar Oltintoşning oyoğiga öq uzgan, ammo u yerda yotgan holida ham öt oçişda davom etgan.
Turkiya rahbari Erdöğan politsiyaçilarning harakatini oqlagan.
"U tiriklay qölga olinmagani uçun ba'zi taxminlar paydo bölmoqda. Lekin öylab köring, Beşiktoşda nima böldi. Terrorçini tiriklay qölga olmoqçi bölişganida u özini portlatdi va köp qurbon berildi", deya u dekabr oyi boşida "Beşiktoş" stadioni yaqinida sodir bölgan voqeani eslatgan.
Öşanda terakt oqibatida 44 kişi halok bölib, 150dan ortiq kişi jarohatlangandi.
Anadolu agentligi biroz avvalroq, Rossiya elçisi qotilining 11 nafar qarindoşi qölga olinib, söroqqa olib ketilgani haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq, qotilning ota-onasi, singillari va amakilari bölgan 6 kişi tergovdan keyin qöyib yuborilgani haqida bildirildi.
Turkiya tomoni bu suiqasd muxolifatçi Fathulloh Gulen bilan boğliqligini iddao qilmoqda.
Kreml çorşanba kuni bu qotillik ortida kim turgani haqida xulosa qilişga erta ekanini bildirdi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu qotillikni Turkiyaning nufuziga yana bir zarba bölganini aytib ötdi.

















