AQŞda istiqomat qiluvçi imom Fathulloh Gulen Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovning öldirilişiga aloqadorligi haqida rasmiy Anqara tomonidan bildirilayotgan xabarlarni rad etib çiqdi. Bu haqda Gulenning videomurojaatiga asoslangan holda Associated Press xabar qilgan.
Öz murojaatida Gulen Turkiyaning maqsadi öz harakatini badnom qiliş ekani haqida aytib ötgan.
"Ular dunyoni bu ayblov bilan işontira olişmaydi", deya uning sözlarini keltirgan agentlik.
Rossiya elçisi 19 dekabr kuni Anqaradagi fotokörgazma vaqtida otib taşlandi.
Turkiya hukumati uşbu qotillikni sodir etgan şaxs 22 yoşli politsiyaçi Mavlud Mert Oltintoş ekanini bildirdi. Qotil voqea joyida maxsus vakillari tomonidan yöq qilindi.
Rossiya TIV bu hodisani terakt sifatida baholadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan esa bu qotillikni muxolifat rahbari Fathulloh Gulen bilan boğladi.
"U FETO tarmoği a'zosi bölganini yaşirişga sabab yöq. Uning barça aloqalari FETO nomiga borib taqalmoqda", degan Erdöğan.
Rossiya elçisini otgan şaxs Gulen tarafdori bölgani aytildi
Turkiya Karlovning ölimida AQŞda yaşayotgan muxolifatçini aybladi
Gulen ştabida Rossiya elçisi qotilligiga aloqadorlik böyiça ayblovlar inkor etildi
Erdöğan Karlov qotilining Gulen bilan aloqasi borligiga şubhasi yöqligini aytdi

















