Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida aholiga 9 ming tonnadan ziyod ko‘mir yetkazib berildi
Qashqadaryo viloyatida kuz-qish mavsumida aholi, korxona va tashkilotlarning ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Viloyat xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalariga 24 ming 927 tonna ko‘mir yetkazib berildi, deb xabar qilmoqda O‘zA axborot agentligi. 9 ming tonnadan ziyod ko‘mir aholiga arzon narxlarda sotilgan. Yana shuncha miqdordagi mahsulot mavsum uchun omborlarga jamg‘arilgan.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Qashqadaryo hududiy ko‘mir yetkazuvchi” unitar korxonasining viloyat shahar va tumanlardagi olti shoxobchasi faoliyat yuritayotgani joylarda aholining arzon va sifatli ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashda yaxshi samara bermoqda. Shoxobchalarda ko‘mir briketini sotish ham yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 iyuldagi “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori viloyatda ko‘mir briketi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalari ko‘payishi, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Ko‘mir briketi tashish, saqlash va foydalanishda juda qulay. Oddiy ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘iga nisbatan uzoq yonishi, tarkibida zararli moddalar kamligi, yonib bo‘lgandan keyin ham o‘zining birlamchi shaklini yo‘qotmasligi va boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi.
Ko‘mir briketi yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, bunday korxonalar endi xomashyoni birja orqali emas, balki “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilmoqda. Aholi va tashkilotlarga yetkazib berilayotgan ko‘mir briketining sifati doimiy nazoratda.
Ayni paytda viloyatda o‘nga yaqin korxonada ko‘mir briketi ishlab chiqarilmoqda. Shahrisabz tumanidagi “Shamaton Brok Treyd”, “Nurov Bahodir Toshkanovich” xususiy korxonalari, “Allong Forward” mas'uliyati cheklangan jamiyati, Qarshi tumanidagi “FAR TIM GOLD”, Qarshi shahridagi “Zamon ko‘mir briket” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari kabi korxonalar shular jumlasidandir. Ushbu korxonalarda kuniga o‘n tonnadan ziyod briket ishlab chiqarilmoqda.
Surxondaryodan maktub: “Odamlar chiroqsiz yashashga mahkummi?”
Mavzuga oid
08:30 / 19.06.2026
So‘nggi 64 yilda dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi qanchaga uzaydi?
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
22:01 / 13.06.2026