Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti Turkiyada rossiyalik elchining o‘ldirilishini keskin qoraladi
Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik so‘zlari bitilgan telegramma yo‘lladi. Bu holat Turkiyada RF elchisi Andrey Karlovning qotilligi bilan bog‘liq, deb xabar berdi respublika yetakchisi matbuot xizmati.
Telegrammada ta'kidlanishicha, Karlov "iste'dodli diplomat bo‘lgan hamda uning professional faoliyati ko‘pchilik tomonidan hurmat bilan tilga olingan va rossiya-turk munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgandi".
"Ushbu terrorchilik akti yana bir bor bu yozuvlikka qarshi butun dunyoning birlashishi kerakligini tasdiqladi. Hech qanday zo‘ravonlik holatini oqlab bo‘lmaydi. Qozog‘iston barcha ko‘rinishdagi terrorchilikni keskin qoralaydi", - deyiladi xabarda.
Nazarboyev Qozog‘iston xalqi va shaxsan o‘zi nomidan Karlovning yaqinlariga ta'ziya bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Karlovga Anqara shahridagi fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida hujum qilishgan. Maxsus tadbir davomida yo‘q qilingan qotilning ismi Mavlud Mert Oltintosh bo‘lib, u 2,5 yil davomida politsiyada ishlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa ro‘y bergan hodisani “razil qotillik” deb atadi hamda uni Turkiya bilan do‘stona munosabatlarga putur yetkazish va Suriyadagi vaziyatga ta'sir ko‘rsatishga qaratilgan fitna deya baholadi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026