O‘zbekiston | 13:16 / 20.12.2016
5186
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Foto: Kapital.kz

2016 yilning 22 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston TIV rahbari bilan uchrashuvi hamda Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid