Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yil davomida xorijiy davlatlarga 28 ta tashrifni amalga oshirdi
Shuningdek, O‘zbekistonga oliy darajada 23 ta tashrif qabul qilindi.
2025 yil davomida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijiy davlatlarga 28 ta tashrif amalga oshirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, shuningdek, O‘zbekistonga oliy darajada 23 ta tashrif qabul qilindi. Mazkur tashriflar doirasida 7 ta davlat, 17 ta rasmiy, 27 ta amaliy tashrif tashkil etildi. Natijada «siyosiy muloqotlar mazmunan chuqurlashib, uzoq muddatli hamkorlik uchun kelishuvlar va amaliy mexanizmlar shakllantirildi».
Shu bilan birga, 20 ga yaqin xalqaro tadbirlarda davlat rahbarining ishtiroki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi «faol pozitsiyasi hamda mintaqaviy va global o‘rnini sezilarli darajada oshirdi».
O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilgan 10 ta nufuzli xalqaro tadbir «dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchini ifodaladi».
O‘zbekiston tomonidan mintaqaviy hamkorlik va barqaror taraqqiyotga qaratilgan «100 ga yaqin muhim tashabbuslar ilgari surildi».
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.03.2026
Yaqin Sharq davlatlaridan 19 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
13:45 / 06.03.2026
Xorijdagi fuqarolarga yordam berish uchun maxsus bot ishga tushdi
18:49 / 04.03.2026