Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Obama Arktika va Atlantikadagi neft konlarini o‘zlashtirishni to‘sib qo‘ymoqchi
AQShning o‘z vazifasini tark etayotgan prezidenti Barak Obama Arktika va Atlantikaning AQShga tegishli hududlarda neft konlarini o‘zlashtirishga ruxsat bermoqchi emas. U ushbu mintaqalarda shelf burg‘ilash huquqini sotishni taqiqlash niyatida. Bu haqda Bloomberg agentligi prezident qarori bilan tanish manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Obama o‘z qarori haqida 20 dekabrdayoq e'lon qilishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, Kanada ham shunday mazmundagi qarorini shu kuni ma'lum qilishi ehtimol.
Xabar qilinishicha, Atlantika okeani, Chukotka dengizi va Alyaskadan shimolroqdagi Bofort dengizidagi neft konlarida qazish ishlarini olib borish huquqini sotish taqiqlanadi.
Qonun bekor qilish qarorini ko‘zda tutmaydi, shu bois yangi prezident Donald Trampning bu qonunni bekor qilishga urinishi bir necha yillik mahkama jarayonlariga sabab bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda agentlik.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026