Sport | 10:56 / 20.12.2016
5863
2 daqiqa o‘qiladi

Rauf Inileyev “Obod” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Foto: the-uff.com

2007 – 2008 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan Rauf Talgatovich Inileyev Toshkentning “Obod” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Obod” 2016 yilgi mavsumda Oliy ligada debyut mavsumini o‘tkazdi. Chempionatni 14-o‘rinda yakunlangan toshkentliklar elitadagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Mavsum davomida jamoada uch bor bosh murabbiy almashib, Bobur Zuxriddinov, Aleksandr Mochinov hamda Jafar Irismetov ish olib bordi.

Klub rasmiy saytida jamoaga yangi murabbiy tayinlangani haqidagi xabarda shunday deyiladi: “Obod” yangi mavsumga yangi bosh murabbiy bilan tayyorgarlik ko‘radi. Tajribali mutaxassis, o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan, “Osiyoning eng yaxshi murabbiyi”, deya tan olingan Rauf Inileyev jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi”.

Mavzuga oid