Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning biografiyasi
Rossiyaning Anqaradagi elchisi, 19 dekabrda otib o‘ldirilgan Andrey Karlov 1976 yilda Moskva xalqaro aloqalar davlat instituti, 1992 yilda Sobiq ittifoq tashqi ishlar vazirligi diplomatik akademiyasida (hozirgi Rossiya tashqi ishlar vazirligi diplomatik akademiyasi) o‘qishni tamomlagan. Diplomatlik faoliyatini 1976 yildan boshlagan. Sobiq ittifoq, Rossiya tashqi ishlar vazirligi va xorijiy vakolatxonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
1976-1981 va 1984-1990 yillarda Sobiq ittifoqning Shimoliy Koreyadagi elchixonasi xodimi, 1992-1997 yillarda Rossiyaning Koreya Respublikasidagi elchixonasi xodimi, 2001 yildan 2006 yilgacha Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.
2007-2008 yillarda Rossiya tashqi ishlar vazirligi konsullik departamenti direktori o‘rinbosari, 2009 yil yanvaridan 2013 yil iyuligacha direktori lavozimida ishlagan.
2013 yil 12 iyuldan Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan.
2016 yil 19 dekabrda Anqarada hayotiga suiqasd qilinishi oqibatida halok bo‘lgan.
Andrey Karlov xizmatlari Rossiya prezidenti minnatdorchiligi bilan qayd qilib o‘tilgan. Koreys va ingliz tillarini bilgan. Uylangan, bir nafar katta yoshli o‘g‘li bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:45 / 20.09.2025
Rossiyaning yangi elchisi Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
17:44 / 10.06.2025
Rossiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
18:46 / 15.08.2023
Turkiyada Rossiya elchisi Karlovning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs ushlandi
21:25 / 09.03.2021