Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning 18 aeroportidagi "Rojdestvo qo‘zg‘aloni" bekor qilindi
Foto: Google image
Buyuk Britaniyada Rojdestvo ta'tilida 18 aeroportda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan norozilik namoyishi bekor qilindi. Bu haqida Unite kasaba uyushmasi bosh kotibi Len Makklaski xabar berdi.
"Men Swissport kompaniyasi bilan kelishuvga erishganimiz va 23-24 dekabrga mo‘ljallangan norozilik aksiyasi bekor qilingani haqida ma'lum qilishdan xursandman", - dedi u. Tomonlar hozircha o‘zaro kelishuv shartlarini oshkor qilishmadi.
Bu yangilik samolyotda sayohatga otlanayotgan britaniyaliklar va bu yerga kelishni rejalashtirgan xorijiy yo‘lovchilarni xursand qilmay qolmadi. Manbaga ko‘ra, dastlab norozilik aksiyasida dunyoning eng yirik kompaniyasi - Swissport aeroport xizmatlari operatorining 1,5 ming xodimi qatnashishi rejalashtirilgan. Ular ish haqini sezilarli darajada ko‘tarishni talab qilishayotgan edi. Xususan, reyslarni registratsiya qiluvchi xodimlar va yukni qayta ishlovchi operatorlar hamda yuk tashuvchilar ish tashlash bilan tahdid qilishgan.
Shunday bo‘lsa-da, Unite a'zosi bo‘lgan British Airways aviakompaniyasi bort kuzatuvchilari norozilik aksiyasini o‘tkazish fikridan qaytishmadi. Bunga ham xuddi yuqoridagi kabi oylik ish haqidan norozilik sabab bo‘lgan. Aktsiya 24-25 dekabrga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
08:50 / 02.02.2026
Sobiq yevrokomissar Epshteyn bilan aloqalar haqidagi ma’lumot sabab partiyadan chiqdi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
09:58 / 24.01.2026