Jahon | 07:31 / 21.12.2016
12186
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada Boeing 727 falokatga uchradi

Foto: Archivo Particular

Kolumbiyada Puerto-Karreno shahri aeroportida uchish vaqtida Boeing 727 yuk samolyoti falokatga uchradi, deb xabar bermoqda El Tiempo nashri.

Ta'kidlanishicha, samolyot  Aerosucre aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan va Bogotaga yo‘l olayotgan bo‘lgan. 

Laynyor bortida ekipajning 6 a'zosi bo‘lgan, ulardan 3 nafari halok bo‘lgan. Ikki kishi jarohat olgan, yana bir kishi hali topilmagan.

Ayni vaqtda falokat sabablari noma'lum. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyida yong‘in chiqqan, u yerga qutqaruvchilar jo‘natilgan.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid