Jamiyat | 18:36 / 21.12.2016
7872
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘g‘uliston Dalay-Lamaga mamlakatga kirishni taqiqladi

Foto: © RIA Novosti

Mo‘g‘uliston buddaviylari o‘zlarining yetakchilari Dalay-Lama XIV bilan boshqa uchrasha olmaydilar. Bunga mamlakat iqtisodiyotiga Xitoyning moliyaviy ko‘magi zarur bo‘lib turgani sababdir. Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Tsend Munx-Orgilning ma'lum qilishicha, Dalay-Lamani mamlakat kirishi taqiqlanadi, hukumat esa bu borada qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi. Shuningdek, u diniy arbobning avvalgi tashrifi xitoy-mo‘g‘ul munosabatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatganidan afsusda ekanini ham bildirgan.

Mo‘g‘uliston hukumati bir oy avval (18-23 noyabr kunlari) Xitoyning “Dalay-Lamaning ba'zi chaqiriqlari separatizmdan darak berishini tan olish, Xitoy milliy manfaatlarini hurmat qilish va Pekin hamda Ulan-Bator o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik” borasidagi talablariga qaramay Dalay-Lamani mamlakatga kelishiga ruxsat bergandi.
 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid