Jamiyat | 21:04 / 21.12.2016
16751
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Yugrasida harorat rekord darajada sovib ketdi

Foto: RIA

Rossiyaning Xanti-Mansiysk muxtor okrugida Tselsiy shkalasi bo‘yicha 62 darajalik rekord sovuq harorat qayd qilindi, deb xabar berdi muxtoriyatning jamoatchilik va tashqi aloqalar departamenti direktori Yelena Shumakovaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Beloyarsk tumanining Kazim posyolkasida kecha 58 gradus sovuq bo‘ldi. Umuman hech narsani ko‘rib bo‘lmayapti. Bugun esa Katta Olxovsk konida 62 gradus sovuq bo‘lgan. Bu ham Beloyarsk tumani", deb aytdi Shumakova.

Sovuq havo tufayli maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilingan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid