Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya shimolida 4 nafar turk harbiysi halok bo‘ldi
Suriya shimolidagi Al-Bob shahrida IShID jangarilariga qarshi janglarda 4 nafar turk harbiysi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi. Bundan tashqari, 11 nafar harbiy yaralangan, ulardan birining ahvoli og‘ir deb baholangan.
Turk harbiylari "Efrot qalqoni" operatsiyasi doirasida Suriya ozodlik armiyasiga ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga Anqaradagi harbiy manbalar jangarilar Turkiya qurolli kuchlarining Al-Bobdagi dala gospitaliga hujum uyushtirgani haqidagi axborotni rad etdi. Ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning bu hududda dala gospitali yo‘q.
Xabarda aytilishicha, Al-Bobdagi shahar shifoxonasi atrofidagi janglar davom etmoqda. Jangarilar bu shifoxonadan qurol-aslaha ombori sifatida foydalanmoqda.
"Efrot qalqoni" aksilterrorchilik operatsiyasi Suriya shimolida 24 avgustdan beri olib borilmoqda.
Operatsiya doirasida Turkiyaning chegara hududlarini terrorchilardan tozalash, gumanitar yordam yetkazishni ta'minlash va IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro missiyaga ko‘mak ko‘rsatish maqsad qilib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026
Suriya armiyasi kurdlar nazoratidagi hududga kirdi
18:35 / 12.01.2026