O‘zbekiston-Rossiya tovar aylanmasida kamayish qayd etildi
Nobop tashqi iqtisodiy kon'yunktura (narx-navo) O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi narx ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatdi, deb aytdi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.
"Albatta, biz nobop tashqi iqtisodiy kon'yunktura ikki tomonlama tovar aylanmasi narx ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatganini afsus bilan qayd qilmoqdamiz. Shu bilan birga, bu muhimdir va buni ta'kidlab o‘tish kerak – tovar aylanmasi narxi kamaygan bilan uning jismoniy hajmlari oshgan", deb aytdi Tyurdenev. Uning aytishicha, Rossiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini oshirish bugungi kundagi ustuvor vazifa hisoblanadi.
Rossiya statistik ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil 9 oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 7,8 foizga yoki 1,98 mlrd dollargacha kamayib ketgan. Jismoniy hisobda (tonnalarda) tovar aylanmasi yanvar-sentabrda 0,9 foizga (3294,7 tonnagacha) o‘sgan. Bunda Rossiyaning O‘zbekistonga eksporti jismoniy hajmi kichik miqdorda – 2,3 foizga, O‘zbekistonning Rossiyaga importi esa jismoniy hisobda 59 foizga, narx hisobida 20 foizga o‘sgan.
"Biz tovar aylanmasining jismoniy hajmlarini saqlab qololganimiz, shu jumladan, joriy yilda ikki davlat biznes vakillari hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va boshqarmalari xodimlari tomonidan bajarilgan katta ishdan darak beradi", deb aytdi Rossiya elchisi.
Elchining aytishicha, umuman olganda, Rossiya 2016 yilda O‘zbekistondagi pozitsiyalarini nafaqat saqlab qoldi, balki O‘zbekiston yonilg‘i-energetika majmuasida yirik sarmoyachi bo‘lib qolishda davom etib, uni mustahkamlashni davom ettirdi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024