Nobop taşqi iqtisodiy kon'yunktura (narx-navo) Özbekiston va Rossiya örtasidagi tovar aylanmasi narx körsatkiçlariga salbiy ta'sir körsatdi, deb aytdi Rossiyaning Özbekistondagi elçisi Vladimir Tyurdenev yil yakunlariga bağişlangan matbuot-anjumanida.
"Albatta, biz nobop taşqi iqtisodiy kon'yunktura ikki tomonlama tovar aylanmasi narx körsatkiçlariga salbiy ta'sir körsatganini afsus bilan qayd qilmoqdamiz. Şu bilan birga, bu muhimdir va buni ta'kidlab ötiş kerak – tovar aylanmasi narxi kamaygan bilan uning jismoniy hajmlari oşgan", deb aytdi Tyurdenev. Uning aytişiça, Rossiya-Özbekiston iqtisodiy hamkorligini oşiriş bugungi kundagi ustuvor vazifa hisoblanadi.
Rossiya statistik ma'lumotlariga köra, 2016 yil 9 oyida ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi 7,8 foizga yoki 1,98 mlrd dollargaça kamayib ketgan. Jismoniy hisobda (tonnalarda) tovar aylanmasi yanvar-sentabrda 0,9 foizga (3294,7 tonnagaça) ösgan. Bunda Rossiyaning Özbekistonga eksporti jismoniy hajmi kiçik miqdorda – 2,3 foizga, Özbekistonning Rossiyaga importi esa jismoniy hisobda 59 foizga, narx hisobida 20 foizga ösgan.
"Biz tovar aylanmasining jismoniy hajmlarini saqlab qololganimiz, şu jumladan, joriy yilda ikki davlat biznes vakillari hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari bilan şuğullanuvçi vazirlik va boşqarmalari xodimlari tomonidan bajarilgan katta işdan darak beradi", deb aytdi Rossiya elçisi.
Elçining aytişiça, umuman olganda, Rossiya 2016 yilda Özbekistondagi pozitsiyalarini nafaqat saqlab qoldi, balki Özbekiston yonilği-energetika majmuasida yirik sarmoyaçi bölib qolişda davom etib, uni mustahkamlaşni davom ettirdi.












