Filippin prezidenti o‘yinlar onlayn-biznesini taqiqlamoqchi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte butun mamlakat bo‘ylab pul tikib o‘ynaluvchi onlayn-o‘yinlarni taqiqlash niyatida ekanini ma'lum qildi, deb xabar beradi Reyter agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Dutertening bayonoti 2017 yilga mo‘ljallangan mamlakat byudjyetini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishda ma'lum qilingan. U ilk bor joriy yilning avgustida bunday biznesga bo‘lgan salbiy munosabatini bildirgandi. O‘shanda firmalardan biri o‘yin faoliyatini tashkil etishga bo‘lgan huquqdan mahrum qilindi, deb xabar beradi agentlik.
Filippindagi o‘yin biznesi butun Osiyo bo‘ylab xorij onlayn-kompaniyalar qiziqishiga sabab bo‘luvchi markazlardan biridir. Ular so‘nggi o‘n yil davomida ko‘plab serverlar o‘rnatib, ko‘ngilochar- o‘yin kurortlariga milliardlab dollar investitsiya kiritishgan.
May oyida saylangan Duterte mamlakat bo‘ylab giyohvandlik balosiga yo‘liqqan, shuningdek bunday moddalarni tarqatgan kishilar bilan keng qamrovli kurash boshladi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Duterte hukumat tepasiga kelgach, mamlakatda giyohvand modda savdosi bilan aloqador bo‘lgan deyarli 3 ming kishi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
13:10 / 29.10.2024
Filippinda «Trami» to‘foni tufayli 5,7 mln kishi uyini tashlab ketdi
20:34 / 27.10.2024
Filippinga yopirilgan «Trami» to‘foni oqibatida 110 kishi halok bo‘ldi
12:18 / 05.09.2024
Filippinda asteroid qulab tushdi (video)
20:14 / 31.08.2024