Jamiyat | 11:07 / 22.12.2016
6065
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda maktab direktorining ishdan haydalishiga o‘ta qattiqqo‘lligi sabab bo‘ldi

Foto: REUTERS

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi maktab direktorining ishdan haydalishiga uning o‘ta qattiqqo‘lligi sabab bo‘ldi. Gap shundaki, maktab rahbari, garchi ta'lim maskani shahardagi smog tufayli vaqtincha yopilgan bo‘lsa-da, ochiq havoda imtihon olish amaliyotini bekor qilmagan, deb yozmoqda Independent nashri.

Imtihonda 400 nafarga yaqin o‘quvchi qatnashishga majbur bo‘lgan. Imtihon jarayonidan olingan fotosuratlar Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan.

Dekabr oyining ikkinchi yarmida Xitoyning bir necha shahrida havoning ifloslanganlik darajasi me'yorlardan keskin oshib ketgan. Shu sababli qator maktablar va korxonalar vaqtincha yopilgan, hukumat aholini ko‘chada uzoq vaqt qolish xavfidan ogohlantirgan edi. 

 

Mavzuga oid