O‘zbekiston | 15:24 / 22.12.2016
65646
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga ishchi tashrifi bilan kelmoqda. 24 dekabr kuniga mo‘ljallangan tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston yetakchisi devonining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Sapar Isoqov ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan doirada uchrashuv o‘tkazishadi. Kun tartibiga ko‘plab masalalar qo‘yilishi kerak. «Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, janob Shavkat Mirziyoyevning Almazbek Atambayev bilan uchrashuvi – yangi Prezidentning xorij davlat rahbari bilan ilk uchrashuvidir», - dedi S.Isoqov.

Uning ta'kidlashicha, Almazbek Atambayev tashrif davomida Islom Karimov qabrini ham ziyorat qiladi.

Mavzuga oid