Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Özbekistonga işçi taşrifi bilan kelmoqda. 24 dekabr kuniga möljallangan taşrif davomida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu haqda Qirğiziston yetakçisi devonining taşqi siyosat bölimi rahbari Sapar Isoqov ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, ikki davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan doirada uçraşuv ötkazişadi. Kun tartibiga köplab masalalar qöyilişi kerak. «Şuni ta'kidlab ötiş joizki, janob Şavkat Mirziyoyevning Almazbek Atambayev bilan uçraşuvi – yangi Prezidentning xorij davlat rahbari bilan ilk uçraşuvidir», - dedi S.Isoqov.

Uning ta'kidlaşiça, Almazbek Atambayev taşrif davomida Islom Karimov qabrini ham ziyorat qiladi.