Jahon | 12:12 / 22.12.2016
13164
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Rossiya elchisi qotilining qarindoshlari qo‘yib yuborildi

Anqara prokuraturasi Rossiya elchisi Andrey Karlovni o‘ldirgan qotilning 6 qarindoshiga javob berdi. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatgan.

Qotil Mart Oltintoshning otasi, onasi, singlisi, rafiqasi hamda 2 amakisi tegishli ko‘rsatmalarni bergach, uylariga qaytarilgan. Ularni hibsga olish uchun asos yo‘qligi aytilgan. Ular ishda guvohlar maqomida.

Diplomatga hujum 19 dekabr kuni Anqaradagi fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida sodir bo‘ldi. Politsiyachi Mavlud Mert Oltintosh elchiga 7ta o‘q uzgan. U fotoko‘rgazmaga Andrey Karlovning soqchisi sifatida kirgandi. U qotillikni amalga oshirishidan ko‘p vaqt o‘tmay otib tashlangan.

Rossiyada bu suiqasd terakt sifatida baholandi. Bu qotillik uchun javobgarlikni Suriyadagi "Jaysh al-Fath" guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid