Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FIFAning dekabr oyidagi reytingida 62-o‘rinda "muzladi"
O‘zbekiston terma jamoasi 22 dekabr kuni e'lon qilingan FIFAning yangi reytingida 62-o‘rinni egalladi.
O‘tgan oyda ham terma jamoa shu o‘rinda bo‘lgandi, o‘tgan vaqt ichida terma jamoa bironta uchrashuv o‘tkazmagan. O‘tgan oy reytingida 558 ochko bilan shu o‘rinni egallagan Samvel Babayan boshqaruvidagi terma jamoaning bu oy reytingidagi ochkolari soni ham o‘zgarmagan.
Osiyo bo‘yicha Eron eng yaxshi natijani ko‘rsatgan - 797 ochko bilan 29-o‘rin. Eronliklar Ukraina bir pog‘ona sho‘ng‘ishi tufayli 1 pog‘ona yuqorilagan. Koreya Respublikasi esa 699 ochko bilan 37-o‘rinda.
Osiyo mintaqasi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Yaponiya (45-o‘rin, 644 ochko) va Saudiya Arabistoni (54-o‘rin, 589 ochko) terma jamoalari ham O‘zbekistondan yuqorida joylashgan. Saudiyaliklar Isroil va Rossiya terma jamoalari quyiga tushishi evaziga avvalgi oyda qayd etgan natijasini 2 o‘ringa yaxshilagan. O‘zbekistonga eng yaqin joylashgan Osiyo jamoalari qatorida BAA (64-o‘rin, 537 ochko) va Xitoy (82-o‘rin, 423 ochko).
Umumiy reytingning kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Argentina
2. Braziliya
3. Germaniya
4. Chili
5. Belgiya
6. Kolumbiya
7. Fransiya
8. Portugaliya
9. Urugvay
10. Ispaniya
Eng chuqur "sho‘ng‘ish" Kuba terma jamoasi tomonidan qayd etilgan. Kubaliklar bir oy ichida 26 pog‘ona pastlagan va 151-o‘ringa joylashgan. Eng yaxshi ko‘tarilish - Ruanda terma jamoasida: 101-o‘rindan 92-o‘ringa yuqorilash.
Mavzuga oid
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026