Jahon | 11:31 / 23.12.2016
21650
2 daqiqa o‘qiladi

Halab aholisi: "Biz buni 5 yil kutdik!"

Yomg‘irli ob-havo va sovuq shamol — Halab aholisi bayramlarini bunday holatda nishonlashga ko‘nikishmagan, aslida. Biroq, bugun, shahar qurollangan guruhlardan to‘liq ozod qilingan kunda, odamlarni ko‘chalarga chiqib, ehtimol, so‘nggi 5 yildagi eng ahamiyatli kunni nishonlashdan noqulay ob-havo ham to‘sa olmaydi, - deb yozadi RIA Novosti agentligi.

Payshanba, 22 dekabrda Suriya arab respublikasi qurolli kuchlari qo‘mondonligi mamlakatning "shimoliy poytaxti" rasman jangarilardan to‘liq ozod qilinganini e'lon qildi. Bu g‘alaba, hukumat qo‘shinlarining 2011 yildan beri radikal kuchlarga qarshi kurashida strategik va muhim ahamiyatga ega. 

Mojarodan avval, Suriyaning iqtisodiy poytaxti hisoblangan shahar uchun kurash quruqlikda ham, diplomatik maydonda ham tingani yo‘q. Bu borada, Rossiya va AQSh vakillarining muzokaralariga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ldi.  

Halab aholisining olgan qismi uchun hozirda hech narsa tahdid solayotgani yo‘q. Ular musiqa sadolari ostida bir-birlarini qutlashmoqda. 

"Men bu kun bo‘lishini xayolimga ham keltirmaganman. Biz buni besh yil kutdik!", — degan jurnalistlarga shaharda istiqomat qiluvchi ayollardan biri. 

 

Mavzuga oid