O‘zbekiston | 10:03 / 23.12.2016
93528
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir virtual qabulxonasi prezident virtual qabulxonasiga aylantirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga virtual qabulxona orqali murojaatlar yo‘llashda davom etish mumkin.

Ma'lum qilinishicha, PM.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi.

“PM” qisqartmasini endi “Prezidentga Murojaat” deb ta'riflasa bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ushbu portalning 3 oylik ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli Prezident qarorlari loyihalari tayyorlanmoqda”, deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq, 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Interkontenental» mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan «mediaivent» shaklidagi uchrashuvda ham shu haqda fikr yuritilgandi.

Ushbu tadbir ishtirokchilari saylovgacha faoliyat yuritgan Bosh vazirning virtual qabulxonasi yaqin kunlarda Prezident virtual qabulxonasiga aylantirilishini ma'lum qilgandi. Ammo u qachondan ishga tushishi, qay tarzda faoliyat yuritishi, shuningdek, Bosh vazirning virtual qabulxonasi bundan keyin ishlash-ishlamasligi haqida to‘xtalmagandi.

Mavzuga oid