Jamiyat | 10:33 / 23.12.2016
6079
2 daqiqa o‘qiladi

Ebola virusiga qarshi vaksina sinovlari muvaffaqiyatli tugadi

Foto: AP

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 23 dekabr, juma kuni Ebola virusiga qarshi vaksinaning tajriba sinovlari tugaganligi to‘g‘risida e'lon qildi. Aytish joizki, sinov natijalari 100 foizli samarani namoyon etdi. Bu haqida tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi. 

"Ishonchli natijalar G‘arbiy Afrikadagi epidemiya qurbonlari hayotini saqlab qolishda yordam bera olmasa-da, ular virusning keyingi avj olishida himoyalangan bo‘lishimizdan dalolat beradi", - deya JSST rahbar o‘rinbosari Mari-Pol Kiyenining so‘zlari keltiriladi matbuot relizida. 

rVSV-ZEBOV nomi ostidagi vaksina sinovi 2015 yilda Gvineya Respublikasida o‘tkazildi. Unda 11 ming nafardan ortiq kishi qatnashdi. 5 837 nafar ishtirokchidan  birortasi ham vaksinalangan kunidan boshlab 10 kun ichida virusni yuqtirmadi. Vaktsinalanmagan kishilar orasidan 23 nafarida Ebola virusi qayd etildi. 

Matbuot reliziga ko‘ra, vaksina ishlab chiqaruvchisi - MSD farmatsevtik kompaniyasi. 

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 2014-2015 yillarda G‘arbiy Afrika mamlakatlarida qayd etilgan Ebola bezgagiga chalinganlar soni 11 mingdan oshdi. O‘lim bilan tugagan holatlar Liberiya, Serra-Leone va Gvineyaga to‘g‘ri kelgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid