Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Eron vizalar berish tartibini yengillashtiradi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev eronlik hamkasbi Hasan Ruhoniy bilan birgalikda vizalar berish tartibini yengillashtirishi haqida ma'lum qildi. Ularning fikricha, bu ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlaydi.
Ruhoniy Bishkekka payshanba kuni ikki kunlik tashrif bilan kelgandi. U mamlakat bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazib, qirg‘iz-eron biznes-forumida ishtirok etadi. Tashrif davomida bir qator hujjatlar imzolanishi ham rejalashtirilgan.
“Biz Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan bo‘lgan tor doiradagi uchrashuvi chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldik”, - deya ma'lum qildi Atambayev. Uning ta'kidlashicha, prezidentlar tashqi ishlar vazirlariga bir oylik muddatda “viza berish tartibini yengillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish” vazifasini yuklashgan.
Qirg‘iziston prezidenti Bishkek-Tehron to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovini yo‘lga qo‘yish kerakligi haqida ma'lum qildi. Uning fikricha, vizalar berish jarayonini yengillashtirish davlatlar o‘rtasidagi aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni tezlashtirishga xizmat qiladi.
Uning ta'kidlashicha, Qirg‘iziston respublikadagi GES qurilishiga eronlik sarmoyadorlarni jalb etish va qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash hamda yengil sanoat, shuningdek transport va kommunikatsiyalar sohasidagi o‘zaro loyihalarni amalga tatbiq etishdan manfaatdor.
Ruhoniy esa kelajakda mamlakatlar o‘rtasida vizasiz tartib kiritilishiga harakat qilinishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026