Jahon | 00:54 / 23.12.2016
13547
2 daqiqa o‘qiladi

So‘kong‘ich Duterte BMTning oliy komissarini ham ayab o‘tirmadi

Foto: Reuters

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni "ahmoq" deb atadi. Dutertening bunday deyishiga BMT komissarining Duterte harakatlarini tergov qilish taklifi sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi

"Bu yigit (Zayd Raad al-Husayn) yoki hazilkash, yoki ahmoq. Siz BMTdagi amaldorlar, ketingizda o‘tiribsiz va biz siz uchun maosh to‘lamoqdamiz. Sen, ahmoq, menga nima qilishni o‘rgatma. Kim senga bunday huquq berdi?", deb aytgan Duterte mahalliy televideniyening jonli efirida.

20 dekabrda Al-Husayn giyohvandfurushlarni o‘ldirishda shaxsan o‘zi qatnashganini tan olgan Dutertening harakatlarini tergov qilishga chaqirgan. Dutertening aytishicha, u Davao shahri meri bo‘lganda jinoyatchilarni o‘ldirgan. Uning aytishicha, u buni "politsiyadagi yigitlarga o‘rnak bo‘lish uchun" qilgan. AQSh Dutertening bu iqroriga Filippinga moliyaviy yordamni taqdim qilmaslik bilan javob berdi.

2016 yil may oyida mamlakat prezidenti etib saylangan Duterte giyohvandfurushlarga qarshi katta ko‘lamli kampaniyani boshlagan. Dutertening prezidentligi vaqtida giyohvand moddalarni sotish va ishlab chiqarishga aloqador  bo‘lgan 3 ming kishi o‘ldirildi.

Duterte nutqlaridan birida o‘zini  Adolf Gitlerga qiyoslagan va "3 million giyohvandni o‘ldirishdan baxtiyor bo‘lishini" aytgan. Xalqaro hamjamiyat Dutertening giyohvand moddalarga qarshi bunday keskin choralarini bir necha marta tanqid qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid