Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni inisi deb bilishini aytdi
Foto: president.kg
Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev Samarqandga tashrifi vaqtida Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgani bilan yana bir marotaba tabrikladi.
"Siz, men shunchaki tanish emas, balki inim deb hisoblaydigan odamsiz. Mening akam Sovet ittifoqi parchalangandan keyin O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan, bir shaharchada oddiy o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Shunday bo‘lganki, men uni deyarli 14 yil ko‘rmaganman. Aynan siz menga Toshkentda hadyalar olib kelgansiz, esimda", deb aytdi Atamboyev.
"2007 yilda siz va men bosh vazirlar bo‘lganmiz. Men davlatlarimiz o‘rtasida haqiqiy og‘a-inichilik munosabatlari bo‘lishi kerakligini aytganman. Siz menga juda yaqinsiz", deb qo‘shimcha qildi Qirg‘iziston Prezidenti.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024