Jahon | 23:51 / 24.12.2016
6202
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Tramp bilan Suriyada xavfsiz hudud yaratishni muhokama qilmoqchi

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada terrorchilardan xoli bo‘lgan hududni yaratishni muhokama qilmoqchiligini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.     
     
"Biz Suriyada terrorchilardan xoli, xavfsiz hudud va yana parvozsiz hudud yaratishimiz kerak", deb aytdi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an bu masalani 20 yanvarda Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida ishini boshlagandan keyin AQShning yangi ma'muriyati bilan muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytdi. 

Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya Suriya shimolida yangi davlat paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid