Jahon | 18:35 / 24.12.2016
9429
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Saudiya Arabistoni uchun harbiy kemalar quradi

Foto: Defence.ru

Ispaniyaning "Navantiya" kemasozlik verfi Saudiya Arabistoni uchun "Avante" sinfidagi 5 ta korvet qurib beradi. 23 dekabrda ma'lum qilinganidek, bu bo‘yicha shartnoma 2017 yil yanvarda Ispaniya qiroli Filipp VI’ning Ar-Riyodga tashrifi vaqtida imzolanishi kutilmoqda. 

Kelishuv doirasida shuningdek Saudiya Arabistoni harbiy-dengiz kuchlari uchun yangi harbiy-dengiz bazasi qurish ko‘zda tutiladi. Shartnoma qiymati 2 mlrd yevrodan ko‘proqni tashkil qiladi. 

Korvetlar "Avante-2200" loyihasi bo‘yicha quriladi. Ular Venesuela harbiy-dengiz kuchlari uchun qurilgan POVZEE patrul kemalari modifikatsiyasi bo‘ladi.

"Avante-2200" sinfidagi kema uzunligi 99 metr, eni 13 metrni tashkil qiladi. To‘liq suv sig‘imdorligi 2450 tonna. Kuch qurilmasi 4 ta dvigateldan iborat bo‘lib, ular kemaning 24 uzel tezlikda suzishiga imkon beradi. Kemaning 18 uzel tezlik bilan suzishidagi suzish uzoqligi 3500 dengiz milini, avtonomligi 20 kunni tashkil qiladi.

Korvetning qurollari orasidan 76/62-mm li "Oto Melara" va 30 mm li "Orlikon Millenium" zambaraklari hamda 12,7 mm li pulemyot o‘rin oladi. Kemalar shuningdek vertolyot qo‘nish maydonchasi va vertolyot uchun angar bilan jihozlanadi. Kema ekipaji 52 kishini, aviagaruh 8 kishini, 20 kursant va 12 maxsus kuchlar askarlarini tashkil qiladi. 

Taxmin qilinishicha, 5 ta korvet qurilishi 5 yilga yaqin vaqt oladi va 2 ming kishini ish o‘rni bilan ta'minlaydi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid