Jahon | 08:57 / 24.12.2016
4971
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada avtobus jarga qulashi oqibatida o‘ndan ko‘p odam halok bo‘ldi

Malayziyada avtobus jarga qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi jarohat oldi, deb ma'lum qildi 24 dekabrda Star gazetasi.

Voqea mamlakat janubida yuz bergan. Avtobus Kuala-Lumpurdan Joxor-Baruga ketayotganda yo‘ldan chiqib ketib, jarga qulagan. Voqea joyiga 25 nafar o‘t o‘chiruvchi yetib kelgan.

Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l yaxshi holatda bo‘lgan, voqea yuz bergan vaqtda yog‘ingarchilik bo‘lmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid