Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA astronavti Pirs Sellers saraton tufayli vafot etdi
Foto: HACA
NASA astronavti Pirs Sellers AQShning Texas shtatidagi Xyuston shahrida vafot etdi. Bu haqda milliy fazo agentligi saytida xabar berilgan.
Sellers 61 yoshda edi. Uning o‘limiga oshqozon osti bezi saratoni sabab bo‘lgani aytilmoqda. Astronavt unda onkologik xastalikning to‘rtinchi darajasi topilgani haqida yanvarda ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, Sellers ilk bora fazoga 2002 yilda Atlantis STS-112 shattlida parvozga chiqqan va Xalqaro fazo stansiyasi qurilishi munosabati bilan uch marotaba ochiq makonga chiqqan. U ikkinchi marotaba ekspeditsiyada 2006 yilda Discovery STS-121 kemasida qatnashgan. Sellers hammasi bo‘lib orbitada 23 sutkadan ortiq vaqt davomida bo‘lgan.
Fazogir o‘z faoliyatini yakunlagandan so‘ng iqlimshunoslik va ekologiya bilan shug‘allangan. Shuningdek, Sellers iqlim tizimlarining kompyuter modellarini yaratish bilan ham band bo‘lgan.
«Undan bizga nafaqat global isish haqida eslatma, balki sayyoramizni boshqarish bo‘yicha yaxshiroq strategiyaga o‘zgartirishga umid ham meros bo‘lib qoldi», - deya ta'kidlab o‘tilgan NASAda.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
19:05 / 29.04.2026