Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishiga barcha narsa tayyor
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Ostona Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan barcha tomonlarni qabul qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Sizning taklifingiz yuzasidan qarorimiz shunday: Qozog‘iston Ostonada muzokaralar uchun barcha tomonlarni qabul qilishga tayyor», - deya aytib o‘tdi davlat rahbari.
Nazarboyevning ta'kidlashicha, u kecha bu masala yuzasidan Putin, shuningdek Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Eron rahbari Hasan Ruhoniy bilan suhbatlashgan.
«Ularning barchasi rozi. Uchrashuv o‘tkazilishi uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratamiz», - ta'kidlab o‘tdi Qozog‘iston yetakchisi.
Avvalroq, Putin, Nazarboyev va Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda Ostonada Suriyadagi vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazishga rozi bo‘lganliklari haqida xabarlar tarqagandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026