O‘zbekiston | 10:27 / 26.12.2016
7310
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston va Pokiston ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qo‘shma ishbilarmonlik kengashini tashkil etishi mumkin. Bu haqda Pokiston savdo vaziri Xurram Dastgir Xon bayonot berdi, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz.
Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov o‘tgan hafta 22 dekabrda Pokiston savdo vaziri Xurram Dastgir Xon bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Uchrashuv chog‘ida, Xurram Dastgir Xonning qayd etishicha, tomonlar qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tekstil va sport mahsulotlari ishlab chiqish sohalariga sarmoya kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi lozim.