26−28 oktabr kunlari Özbekiston boş vaziri örinbosari Uluğbek Rozukulov boşçiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasiga taşrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilgan.
Özbekiston-Belarus kelişuvlariga binoan delegatsiya turli darajalarda ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazadi hamda 28 oktabr kuni Minsk şahrida bölib ötadigan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etadi.
MDH Ijro qömitasi ma'lumotlariga köra, majlisda Hamdöstlik faoliyatining muhim yönalişlari böyiça hamkorlikni rivojlantirişga taalluqli 20 dan ziyod hujjat loyihasini körib çiqiş rejalaştirilgan.













