Özbekiston Boş vaziri örinbosari Uluğbek Rozukulov va Pokiston Prezidenti Husayn Mamnun terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş masalalarini muhokama qilişdi. Bu haqda UzDaily.uz sayti yozmoqda.
Ötgan haftada Özbekiston Boş vaziri örinbosari Uluğbek Rozukulov rahbarligidagi delegatsiya Pokistonga taşrif buyurgan edi.
Husayn Mamnun Rozukulov vositasida Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston Prezidentligi uçun saylovda ğalaba qozongani bilan yana bir bor qutlab, Özbekiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar yangi bosqiçga çiqişiga umid bildirgan.
Husayn Mamnun Pokistonning Özbekiston bilan energetika, iqtisodiyot va boşqa sohalarda hamkorlikni kengaytiriş niyatida ekanini ta'kidlagan. U, şuningdek, ikki davlat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş mamlakat imkoniyatlariga javob bermasligini qayd etib, Özbekiston va Pokiston örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga çaqirgan.
Mamnunning sözlariga köra, Pokiston Özbekistonning energetika zaxiralaridan foydalanişga qiziqiş bildirmoqda.
Uluğbek Rozukulov, öz navbatida Pokiston bilan döstona aloqalarni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini qayd etgan. Şu bilan birga, Rozukulov tomonlar turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişini qayd etgan.













