Jahon | 18:11 / 27.12.2016
12431
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariya prezidenti Moskvani nimada aybladi?

Foto: Deutsche Welle

Bolgariyaning amaldagi prezidenti Rosen Plevneliyev Frankfurter Allgemeine Zeitung'ga bergan intervyusida Moskvani turli yo‘llar bilan Yevroittifoqdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinayotganlikda aybladi. Deutsche Welle shu haqida xabar berdi.

"Moskva ko‘p bor Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinmoqda", - dedi u. 

Bolgariya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya tomon Bolgariya hamda boshqa YeI mamlakatlarida aksilevropa partiyalari va OAVni moliyalashtirayotganiga ishora qiluvchi belgilar ko‘p". 

Plevneliyev Rossiya shu tariqa SSSR kabi maqsadga erishishga urinayotganini ta'kidladi: "Yevropani zaiflashtirish va demokratik qadriyatlar hamda qonun ustuvorligiga shubha uyg‘otish".

Prezident Yevroittifoq aholisi nimalar ro‘y berayotgani hamda Rossiya targ‘iboti aynan nimaga yo‘naltirilganini bilishlari kerakligini ta'kidladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid