Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lukoyl»ning Toshkentdagi ofisi O‘rta Osiyodagi biznesni boshqaradi
«Lukoyl» kompaniyaning xorijdagi qazib olinuvchi aktivlarini boshqarish bilan shug‘ullanadigan «Lukoyl Oversiz» kompaniyasi tuzilmalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda neft kompaniya rahbari Vagit Alekperov «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijdagi bo‘linmadan uchta asosiy boshqaruv markazi ajratildi: Dubay, Xyuston va Toshkent.
«Hammasi deyarli yakuniga yetkazilmoqda. Bizda endilikda uchta alohida hudud bor: Xyuston, Dubay hamda O‘zbekiston», - dedi Vagit Alekperov.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkentdagi ofis O‘rta Osiyodagi biznesni boshqarish bilan shug‘ullanadi. «Lukoyl» O‘zbekistonda mahsulot taqsimoti bo‘yicha bitim asosida ishlaydi. «O‘zbekneftegaz» kompaniyaning loyihalar bo‘yicha strategik sherigi sanaladi.
Xyustondagi qarorgoh esa Amerika va Meksikadagi faoliyatni tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
«Lukoyl» egalaridan biri Leonid Fedunning nashrga aniqlik kiritishicha, tuzilmalarni qayta ko‘rib chiqish bugungi kundagi bozor talablari asosida amalga oshirilgan.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya xorijdagi barcha qayta ishlash jarayonini Venadagi boshqaruv ofisiga birlashtirdi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026