Jahon | 17:36 / 27.12.2016
4256
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya prezidenti bosh vazirlikka taklif etilgan nomzodni rad etdi

Foto: AFP

Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan bosh vazir lavozimiga taklif etilgan Sevil Shaydex nomzodini rad etdi. 

Mamlakat rahbari o‘tgan payshanba kuni bosh vazir nomini ma'lum qilishi kerak edi, biroq buni 25 dekabrdan so‘ng amalga oshirishini ma'lum qildi.

"Men o‘tgan hafta siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdim. Menga Sevil Shaydex nomzodini bosh vazirlikka taklif etishdi. Barcha “ha” va “yo‘q”larni yaxshilab o‘ylab, bu taklifga rad javobini berishga qaror qildim", - deya ma'lum qildi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Ruminiyaning ikki palatali parlamentiga saylovlar 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid