Jahon | 22:49 / 28.12.2016
10287
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston qurollanishga jiddiy kirishmoqda

Foto: Reuters

Hindiston harbiy-havo kuchlari xavfsizlikning tegishli darajasini saqlab qolish uchun keyingi 10 yil ichida 200-250 ta qiruvchi samolyotni qurollanishga olmoqchi, deb aytdi harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i Arup Raxa.

Uning aytishicha, HHKda Su-30 og‘ir qiruvchi samolyotlari yetarlicha, biroq yengil va o‘rta og‘irlikdagi qiruvchi samolyotlar borasida bo‘shliqlar bor. 

"Biz hanuzgacha Su-30’ni qurollanishga olamiz, ular 40 yil xizmat qiladi. Yengil qiruvchi samolyot (Hindistonda yaratilgan Tejas samolyoti) yengil samolyotlar toifasida bo‘shliqlarni yopadi. Rafale samolyotlari – ajoyib samolyotlar. Biroq ulardan bor-yo‘g‘i 36 ta bor, bizga o‘rta toifadagi samolyotlardan ko‘proq kerak", deb aytdi Raxu. Ta'kidlash joizki, Raxa 31 dekabrda o‘z lavozimini tark etadi.

Raxaning qo‘shimcha qilishicha, buning uchun yana bitta ishlab chiqarish liniyasini yo‘lga qo‘yish kerak, biroq u qanday samolyotlar liniyasiligiga aniqlik kiritmagan. Raxa, shuningdek, HHK ehtiyojlariga yangi yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar zarurligini aytdi.

 

Mavzuga oid