Iroq bosh vaziri IShID qachon tor-mor qilinishini aytdi
Iroq uch oy davomida mamlakatda harakat qiluvchi IShID tuzilmalarini tor-mor etadi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Sumaria telekanali.
"Barcha mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Iroqqa IShIDni batamom tor-mor etishi uchun 3 oy talab qilinadi", deb aytdi bosh vazir.
Ayni vaqtda Iroq armiyasi IShID jangarilari o‘zlarining Iroqdagi poytaxti deb hisoblaydigan Mo‘sul shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.
Bundan avval Iroq va Suriyada IShIDga qarshi xalqaro operatsiyaga qo‘mondonlik qiluvchi amerikalik general-leytenant Stiven Taunsend IShID batamom 2 yildan avvalroq tor-mor etilmasligini aytgandi. Uning aytishicha, aksilterrorchilik koalitsiyasi zo‘r berib ishlaganda Mo‘sul va Raqqani jangarilardan 2018 yil oxiridan ertaroq ozod qila olmaydi.
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
12:00 / 21.10.2024