Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning eng badavlat mashhur kishilari e'lon qilindi
Amerikalik rejissyor, “Yulduzlar jangi” filmlari yaratuvchisi Jorj Lukas Forbes jurnaliga ko‘ra AQShning eng badavlat mashhur kishilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Reyting nashrning elektron nusxasida chop etildi.
Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Lukasning mablag‘i taxminan 4,6 milliard dollarga baholandi. Rejissyor bu summaning asosiy qismini o‘zining Lucasfilm kompaniyasini The Walt Disney Company korporatsiyasiga 2012 yilda 4,05 milliard dollarga sotishi evaziga olgan. Jurnalning ta'kidlashicha, Lukas Kaliforniya shtatida maydoni 24 kv. km bo‘lgan ranchoga ham egalik qiladi.
Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida yana bir rejissyor Stiven Spilberg 3,7 milliard dollar bilan qayd etildi. U mablag‘ining asosiy qismini DreamWorks kinostudiyasidagi omadli ishlari sabab topgan. Spilberg 1990-yillar uning asoschilaridan biri bo‘lgan.
Kuchli “uchlik”ni esa AQShdagi eng mashhur teleboshlovchilardan biri Opra Uinfri yakunlab berdi (2,8 mlrd dollar). Uinfri asosan o‘zining Harpo Productions kompaniyasi sabab shuncha pulni ishlab topgan. Nashrning ta'kidlashicha, AQShdagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lgan boshlovchi Havayi shtatida ko‘chmas mulkka ham ega.
To‘rtinchi pog‘onani amerika basketboli afsonasi Maykl Jordan (1,2 mlrd. dollar) egalladi. Ikki karra Olimpiya va olti karra MBA g‘olibi bo‘lgan sportchi sport va oyoq kiyimlari reklamasi sabab boyib ketgan. Beshinchi o‘rinda ko‘zbog‘lovchi Devid Kopperfild taxallusi bilan mashhur Devid Set Kotkin (850 mln. dollar). Nashrning ta'kidlashicha, u qo‘ygan tomoshalari sabab ishlab topgan pullarini “sehrli artefaktlar”ning yirik kolleksiyasiga yo‘naltirgan.
Ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 20 kishi joy oldi. Ular orasida amerikalik golf ustasi Tayger Vuds (740 mln. dollar), yozuvchi Jyeyms Patterson (700 mln. dollar), rep-ijrochi Jyey-Zi (610 mln. dollar), qo‘shiqchi Madonna (560 mln. dollar), musiqachilar Jimmi Baffet (550 mln. dollar) va Jon Bon Jovi (410 mln. dollar), shuningdek boshqa mashhur insonlar bor.
Mavzuga oid
08:30
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026
Internet eng arzon va eng qimmat bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:55 / 20.06.2026