Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: O‘zbekiston FVV rahbari yangi Xizmatni boshqaradigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tuzilmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ustidan nazorat o‘rnatish va uni muvofiqlashtirish Xizmatini tashkil qildi.
Bu Xizmatga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kim yangi rahbar etib tayinlangani hozircha noma'lum. Ushbu masala yuzasidan vazirlik bilan bog‘langanimizda, ma'lumot tasdiqlangani ham, rad etilgani ham yo‘q.
Bu haqda yaqin soatlar ichida rasmiy xabar chiqishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024