Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning eng "qimmatbaho" yulduzlari reytingi e'lon qilindi
Forbes jurnali Yevropaning eng ko‘p haq to‘lanuvchi yulduzlari reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning One Direction guruhi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Yigitlar gastrol safarlari hamda reklama shartnomalaridan 110 million dollar ishlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Ikkinchi o‘rin Portugaliya futbol yulduzi Krishtanu Ronalduga nasib etdi. Uning yillik daromadi 88 million dollarga baholanmoqda.
Uchinchi pog‘onada - britaniyalik qo‘shiqchi Adel (80,5 million dollar) qayd etildi. Undan keyingi o‘rinlarni shveysariyalik tennischi Rojyer Federer (68 million dollar), Britaniyaning The Rolling Stones guruhi (66,5 million dollar) va shotlandiyalik DJ Kelvin Harrislar egallashdi.
Shuningdek birinchi o‘ntalikka britaniyalik musiqachi Pol Makkartni (56,5 million dollar), serbiyalik tennischi Novak Jokovich (56 million dollar), Irlandiyaning U2 guruhi (55 million dollar) va britaniyalik bosh oshpaz Gordon Ramzi (54 million dollar) kiritilgan.
Mavzuga oid
08:30
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026
Internet eng arzon va eng qimmat bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:55 / 20.06.2026