Jamiyat | 00:48 / 30.12.2016
17301
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda deputat qonun loyihasi muhokamasi vaqtida boshqa ishlar bilan shug‘ullandi

Foto informburo.kz

Qozog‘istonda 2016 yildagi oxirgi – kollektorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilinayotgan vaqtda deputat Kanat Musin YouTube’da 11 daqiqalik bug‘u va boshqa hayvonlar haqidagi rolikni tomosha qilib o‘tirgan. Bu haqda Informburo nashri xabar bermoqda

"Odamlar va Tabiat/Aqlbovar qilmas lahzalar" deb nomlangan rolik ikkita bug‘uning jangidan boshlanadi, so‘ngra itlar, ayiqlar, boyo‘g‘lilar va boshqa hayvonlar bo‘lgan turli komedik vaziyatlar namoyish qilinadi. 

2016 yil oktabrda Rossiyaning Sverdlovsk viloyati deputati va "Yedinaya Rossiya" partiyasi a'zosi Valeriy Savelev yig‘ilish vaqtida ikkita gadjyetda o‘yin o‘ynashda tutib olingan. Deputat bir gadjyetda Deer Hunter, ikkinchisida Evony o‘yinlarini o‘ynab o‘tirgan.

Mavzuga oid