Sport | 09:49 / 31.12.2016
5936
2 daqiqa o‘qiladi

APLning 19-turi durang bilan boshlandi

Angliya chempionatining 19-turida «Hall Siti» va «Everton» 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

«Yo‘lbarslar» 6-daqiqadayoq Maykl Dousonning goli evaziga hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida «irislar» Devid Marshall hisobiga yozilgan avtogol evaziga hisobni tenglashtirdi.

65-daqiqada mezbonlar Robert Snodgrassning aniq zarbasi tufayli yana oldinga chiqishdi. Ammo o‘yindagi yakuniy natija 84-daqiqada Ross Barkli tomonidan o‘rnatildi - 2:2.

Endilikda APL turnir jadvalida «Hall Siti» 13 ochkosi bilan 19-o‘rinda qolmoqda, «Everton» esa ochkolari sonini 27taga yetkazib, 7-pog‘onada joylashgan.

Hall – Everton 2:2
Gollar: 1:0 – 6 Douson, 1:1 – 45, avtogol Marshall, 2:1 – 65 Snodgrass, 2:2 – 84 Barkli.
Hall – Marshall, Maguayr, Douson, Devis, Al-Muhammadi, Snodgrass, Meyler (Klukas, 56), Livermor, Robertson, Diomande (Haddlstoun, 85), Mbokani.
Everton – Robles, Koulmen, Jagelka, Uilyams, Beyns, Guyye, Berri (Devis, 66), Valensiya (Kelvert-Lyuin, 74), Barkli, Miralyas (Funes Mori, 87), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Jagelka (60), Al-Muhammadi (62), Devis (75), Maguayr (83).

Mavzuga oid