Angliya çempionatining 19-turida «Hall Siti» va «Everton» 2:2 hisobida durang öynadi.
«Yölbarslar» 6-daqiqadayoq Maykl Dousonning goli evaziga hisobni oçdi. Birinçi bölim oxirida «irislar» Devid Marşall hisobiga yozilgan avtogol evaziga hisobni tenglaştirdi.
65-daqiqada mezbonlar Robert Snodgrassning aniq zarbasi tufayli yana oldinga çiqişdi. Ammo öyindagi yakuniy natija 84-daqiqada Ross Barkli tomonidan örnatildi - 2:2.
Endilikda APL turnir jadvalida «Hall Siti» 13 oçkosi bilan 19-örinda qolmoqda, «Everton» esa oçkolari sonini 27taga yetkazib, 7-poğonada joylaşgan.
Hall – Everton 2:2
Gollar: 1:0 – 6 Douson, 1:1 – 45, avtogol Marşall, 2:1 – 65 Snodgrass, 2:2 – 84 Barkli.
Hall – Marşall, Maguayr, Douson, Devis, Al-Muhammadi, Snodgrass, Meyler (Klukas, 56), Livermor, Robertson, Diomande (Haddlstoun, 85), Mbokani.
Everton – Robles, Koulmen, Jagelka, Uilyams, Beyns, Guyye, Berri (Devis, 66), Valensiya (Kelvert-Lyuin, 74), Barkli, Miralyas (Funes Mori, 87), Lukaku.
Ogohlantirişlar: Jagelka (60), Al-Muhammadi (62), Devis (75), Maguayr (83).












