Jahon | 21:11 / 31.12.2016
10604
3 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya terrorchilar ortida turgan kuchlar bilan kurashishini aytdi

Turkiyaning sa'y-harakatlari evaziga harakatlari turk xalqiga qaratilgan bo‘lgan terrorchilik tashkilotlarini yengishga muvaffaq bo‘lindi, deb aytildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Yangi yil tabrigida.  

"Bizning xalqimizga yillar davomida tahdid qilgan guruhlar hamma joyda yo‘q qilindi. Turkiyaning barcha sohalarida tozalashlar o‘tkazilmoqda", deb aytdi Erdo‘g‘an. 

Tabrikda aytilishicha, bu jarayon alohida e'tiborni talab qiluvchi uzoq muddatli kurashdir. "Turkiya xalqi kelajakka ishonch bilan qarashi uchun zarur bo‘lgan qat'iyatlikni namoyish qildi", deyildi tabrikda. Unda aytilishicha, Turkiya oxirgi yillar yangi ozod etish urushini olib bormoqda. 

"Milliy birdamlik, hududiy yaxlitlik, tashkilotlar, iqtisodiyot, tashqi siyosat, davlat asoslari xavf ostida qolmoqda. Terrorchilik tashkilotlari kurashning ko‘rinadigan tomonidir, chunki qurol boshqa kuchlar qo‘lidadir. Aslida biz terrorchilik tashkilotlari ortida turgan kuchlarga qarshi kurashamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an. 

Tabrikda ta'kidlanishicha, nafaqat Turkiya, balki minataqa va butun dunyo o‘tish davrini boshdan o‘tkazmoqda. "Agar biz bu yo‘lni o‘z maqsadlarimizdan og‘ishmagan holda o‘ta olsak, unda bizni yorug‘ kelajak kutadi. Buning uchun biz birodarligimiz, birdamligimiz va teng huquqligimizni mustahkamlashimiz zarur", deb aytilgan tabrikda.

Turkiya prezidenti janglarda halok bo‘lgan harbiylarga minnatdorchilik bildirdi. "Vatani uchun halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildiraman, yaradorlarga tezroq tuzalishlarini tilayman. Turkiya qurolli kuchlarining chegaralarimizni himoya qilayotgan, Bashik, Jarablus va Al-Bobda xizmat o‘tayotgan harbiylarini tabriklayman. 2017 yil davlatimiz, butun mintaqa va dunyoga ravnaq keltirishini istayman. Yana bir bor barchani Yangi yil bilan qutlayman va eng ezgu niyatlarni tilab qolaman", deyilgan Erdo‘g‘an tabrigida.

 

Mavzuga oid