Jahon | 18:52 / 31.12.2016
14373
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: 2016 yil murakkab bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolariga yo‘llagan yangi yil bayrami murojaatida yakuniga yetib borayotgan 2016 yil biroz murakkab bo‘lganini ma'lum qildi. Uzoq Sharqda translyatsiya qilingan murojaat yozuvi YouTube’da taqdim etilgan.

«[2016 yil] yakuniga yetmoqda. Biroq, biz to‘qnash kelgan muammolar bizlarni yanada jipslashtirdi, oldinga qarab harakat qilish uchun imkoniyatlarimizning yirik manbalarini ochdi», - ma'lum qildi prezident.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, yangi yil kechasida har bir inson «biroz sehrgar bo‘lish imkoniga ega».

«Buning uchun ota-onalarga muhabbat va minnatdorchilik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Shuningdek, oilamiz, o‘z farzandlarimizga e'tiborli bo‘lishimiz hamda ular haqida qayg‘urishimiz, ish bo‘yicha hamkasblarni hurmat qilishimiz, do‘stlikning qadriga yetish, haqiqat va adolatni himoya qilish, rahm-shafqatli bo‘lish, qo‘llab-quvvatlashni kutayotganlarga yordam qo‘lini cho‘zish talab etiladi. Hamma sir mana shunda», - deya xulosa qilgan Rossiya prezidenti.

Mavzuga oid