Kun.uz sayti 2016 yilda sport sohasidagi eng katta xaridlar, transferlar, maoshlar va homiylik shartnomalari ro‘yxatini tuzib chiqdi. 

Unda «Formula-1» egasining o‘zgarishi, xitoylik investorlarning Yevropa futbolidagi faolligi, «Barselona»ning rekord miqdordagi homiylik shartnomasi va MBAdagi ish haqlarining yanada oshirilishi – bularning barchasi Kun.uz galereyasida.

1.  «Formula-1»ning sotilishi
Qiymat: 8 milliard AQSh dollari
Dunyoning eng yirik avtopoyga seriyasi o‘z egasini o‘zgartirdi. Endilikda yiliga 1,8 milliard dollar daromad keltiradigan biznesni amerikalik Jon Melounning Liberty Media Corporation’ni boshqaradi.  Ma'lumotlarga ko‘ra, qirollik poygalarida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. 
Suratda: 85 yoshli Berni Ekklstoun (o‘ngda) Formula One Group’da prezidentlik vazifasida qoldi, biroq qarorlarni kompaniya direktorlar kengashi yangi raisi Cheyz Keri (chapda) qabul qiladi. 

2.  UFC’ning sotilishi
Qiymat: 4 milliard AQSh dollari
UFC aralash yakkakurashlar promouterlik kompaniyasi 2001 yilda Deyn Uayt va aka-uka Fertittolarga atigi 2 million dollarga tushgandi. 16 yil o‘tib esa uni WME-IMG yirik agentligiga (mijozlari orasida – Mariya Sharapova, Novak Jokovich va boshqa yulduzlar bor) 2000 baravar qimmatroqqa sotishdi – 4 milliard dollar. Eslatib o‘tamiz, UFC o‘zining shaxsiy onlayn-kanaliga hamda u orqali taxminan 4-5 million doimiy tomoshabinga ega.

3.  «Barselona» va Nike’ning rekord miqdordagi homiylik shartnomasi
Qiymat: 1,5 milliard yevro
Kataloniya klubi may oyida Nike bilan hamkorlik 2026 yilga qadar cho‘zdirilganini ma'lum qildi. Kelishuvga ko‘ra, kompaniya har bir mavsum uchun 155 million yevro ajratadi. Avvalgi rekord «Manchester Yunayted» jamoasiga tegishli bo‘lib, klub adidas kompaniyasi bilan 10 yilga qiymati 750 million yevro bo‘lgan shartnoma imzolagan. Biroq, amerikaning Forbes nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Madridning «Real» klubi joriy yilda nemis kompaniya bilan kelishuvini yanada yaxshilagan – 10 yilga 1,6 milliard dollar.